Yana bir mahsulot ishlab chiqaruvchilari QQSdan ozod qilindi
Jamiyat
−
15 fevral 2019
7004O‘zbekiston Pezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Qaror respublika miqyosida elektr energiyasi nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish doirasidagi xarid tartib-taomillarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ishtirokini maksimal daraja olib chiqish uchun qabul qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimcha kiritilmoqda:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 noyabrdagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3384-son qarori 9-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 23 oktyabrdagi “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3981-son qarori 4-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirildi:
“Elektr energiyasini hisoblash qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilar 2022 yil 1 yanvarga qadar ushbu qaror doirasida “O‘zbekenergo” AJ bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha yetkazib beriladigan elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan butlovchi qismlar, xomashyo va materiallarni olib kirganlik uchun bojxona to‘lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno), shuningdek, mazkur elektr energiyasini hisoblash qurilmalari va qo‘shimcha asbob-uskunalarni sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan ozod etilsin”.
LiveBarchasi