Yana bir mashhur portal O‘zbekistonning JCH-2026'ga chiqish imkoniyatini baholadi
Sport
−
22 mart
11324O‘zbekiston milliy terma jomasining Jahon chempionatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritish imkoniyatini 92.6 foizga baholamoqda. Bu haqda “We Global Football” xabar berdi.
Temur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi 3-saralash 7-turida Qirg‘izistonga qarshi 1:0 hisobidagi g‘alabadan keyin mundialga chiqish uchun Yaponiya, Eron va Janubiy Koreyadan keyingi asosiy da’vogar bo‘lib turibdi.
“A” guruhida Eronning imkoniyatlari eng yuqori baholangan. Forslarning 7-turdan so‘ng mundialga chiqish ehtimoli 100 foizga yetdi. Ikkinchi o‘rinni egallab turgan O‘zbekiston tarixda ilk bor to‘rt yillikning eng muhim turnirida ishtirok etishi taxmin qilingan. 7-turda mag‘lubiyat alamini tatib ko‘rgan Birlashgan Arab Amirligi termasining mundialga chiqishi 6 foizga baholangan. Qatarda esa ushbu ko‘rsatkich 1.3 % deb taxmin qilingan. Guruh autsayderlari Qirg‘iziston va Shimoliy Koreyada 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatiga borish ehtimoli 0 foizga baholandi.
Ma’lumot o‘rnida, AQSH, Meksika va Kanada maydonlarida o‘tadigan musobaqa uchun Osiyo qit’asiga 8.5 ta kvota ajratilgan. Uchta guruhdagi 1 va 2-o‘rinlarni egallagan jamoalar to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, guruhlardagi 3 va 4-o‘rinni qo‘lga kiritgan terma jamoalar pley-offlar orqali 2.5 ta yo‘llanma uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston terma jamoasi 7-turdan keyin 16 ochko jamg‘arib, “A” guruhida 2-o‘rinni egallab kelmoqda. Peshqadam Eron19 ochkoni qo‘lga kiritgan. BAA va Qatar 10 tadan ochko to‘plab, 3 va 4-o‘rinlarni band etgan. Qirg‘iziston 3 va Shimoliy Koreya 2 ochko bilan so‘nggi pog‘onalarni egallab turibdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “Football meets data” tomonidan O‘zbekistonning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati 88 foizga baholagani haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
24 mart
Do‘rmonga o‘t ketdi.
24 mart