Yana bir mashhur futbolchi Ronaldu va Masharipovning jamoadoshiga aylanadi

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi “Chelsi” yarim himoyachisi Hakim Ziyeshni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi. Bu haqda “Fichajes” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Saudiya klubi Ziyesh bilan shartnoma borasida og‘zaki kelishuvga erishgan. “Chelsi” ham marokashlik futbolchini “Al-Nasr“ga o‘tishiga qarshi emas. 

Qayd etilishicha, “Al-Nasr” Ronalduga hujumda yaxshi imkoniyatlar hosil qilib berishda Ziyeshni munosib nomzod sifatida ko‘rmoqda.

Ziyesh Saudiya klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda. Ortda qolgan mavsum u London klubi safida Angliya chempionatida 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi. “Transfermarkt”ga ko‘ra, futbolchining qiymati 16 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing