Yana bir mahsulot QQSdan ozod qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 208-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, O‘zbekisotonda ishlab chiqarilayotgan oziq-ovqat mahsulotlari qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan. Bu ro‘yxatda go‘sht, baliq, kartoshka, piyoz, tuxum, guruch, shakar, non va sut joy olgan. Kuni kecha esa bu ro‘yxatga kartoshka urug‘i ham kiritilgan. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi. 

2018 yilda 350 mingdan ortiq tadbirkorlik sub’ektidan faqatgina 7,1 mingtasi (2 foiz) qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lagan.  Soliq islohotlari konsepsiyasi qabul qilingach, bu raqam 40 mingdan ortgan va ularning  4 mingtasi ixtiyoriy ravishda QQS to‘lovchisiga aylangan.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan oxirgi ikki haftada 40 milliard so‘mlik QQS hisobotlardagi kamchiliklar aniqlangan va bartaraf etilgan. Bunda import mahsulotlari realizatsiyasida ham tushumlarni pasaytirib ko‘rsatish holati ro‘y bergan — bir kunlik tushum miqdori besh barobargacha kamaytirib ko‘rsatilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

QQS Davlat soliq qo'mitasi

Baholaganlar

36

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing