Yana bir mansabdor pora bilan qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati va Surxondaryo viloyatlarida yer maydonlarini noqonuniy sotayotgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ulardan biri O‘rta chirchiq tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari bo‘lib, u mazkur xo‘jalikning 80 sotix sug‘oriladigan yer maydonini hokimiyat va kadastr tizimidagi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U evaziga naq 320 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 20 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlangan.

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida esa shu tumanda yashovchi fuqaro ham o‘zganing ishonchiga kirib, “Amuzang” irrigatsiya tizimlari boshqarmasi balansida bo‘lgan 70 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berishni aytgan. U bu "xizmati" evaziga 100 mln so‘m talab qilib, 6 ming AQSH dollari va 32 mln so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan va Jizzax viloyatlarida ham ikki mansabdor shaxs pora bilan qo‘lga tushgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

pora Toshkent viloyati mansabdor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing