Yana bir mamlakatda koronavirusning Janubiy Afrika shtammi aniqlandi
Olam
−
16 mart 2021 5615 1 daqiqa
Rossiyada koronavirusning Janubiy Afrika shtammi aniqlandi. Bu haqda
Rospotrebnadzor xabar bergan.
Xabar qilinishicha, Rossiya Federatsiyasida SARS-CoV-2 izolatlari monitoringi doirasida epidemiologik vaziyatni hisobga olgan holda tekshiruvdan o‘tkaziladigan shaxslardan 8,1 mingdan ortiq klinik material namunalari to‘plangan.
Rospotrebnadzorning aniqlik kiritishicha, mamlakatda 28 holatda koronavirusning "britancha" shtammi, 2 holatda Janubiy Afrika shtammi aniqlangan.
Qayd etilishicha, koronavirusning "brazilcha" shtammi aniqlanmagan.
"16 ta holatda boshqa mutatsiyalar aniqlandi", deyilgan xabarda.
Ta’kidlanishicha, monitoring davom etmoqda, vaziyat kafedra nazorati ostida.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust