Yana bir ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga muvofiq, “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligi bayrami arafasida topshiriladi.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining qarori asosida amalga oshiriladi.

Qaror bilan “Ma’naviyat fidoyisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ko‘krak nishoni bilan respublikada ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, yuksak ijtimoiy-ma’naviy muhitni shakllantirish borasida fidokorona mehnat qilgan va samarali natijalarga erishgan fuqarolar taqdirlanadi.

Davlat organlari, tashkilotlar va jamoat birlashmalari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha takliflarni har yili 1 iyunga qadar tegishlicha Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda uning hududiy bo‘limlariga taqdim etadi.

Markaz rahbarining ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi buyrug‘i har yili 25 avgustga qadar takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha tashkil etilgan komissiya xulosasi asosida chiqariladi.


Maqola muallifi

Teglar

ko'krak nishoni Ma'naviyat fidoyisi

Baholaganlar

40

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing