Yana bir xususiy bandlik agentligi mansabdoriga jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
10 yanvar 2020
7074Xorijiy davlatlarda ish bilan ta’minlash evaziga fuqarolarning 51 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritgan korxona rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentning Yunusobod tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.X.Bandlik Agentligi” MCHJ mansabdor shaxslari bir necha fuqarolarning ishonchiga kirib, ularni aldab Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ish bilan ta’minlash evaziga jami 51 500 AQSH dollarini qo‘lga kiritib, ularni ish bilan ta’minlamasdan pul mablag‘larini o‘zlashtirib yuborgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “I.X.Bandlik Agentligi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, “HUMAN xususiy bandlik agentligi” MCHJ, “Global works resources” MCHJ va “Profelite imp xususiy bandlik agentligi” MCHJ, “Navoiy xususiy bandlik agentligi” MCHJ, “Korean and Migration xususiy bandlik agentligi” MCHJ faoliyatiga nuqta qo‘yilib, ulardan ayrimlarining mansabdorlariga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi.
LiveBarchasi