Yana bir XBA 65 fuqaroni qariyb 3 mlrd so‘mga “uxlatgani” fosh bo‘ldi
Jamiyat
−
24 fevral 2020
5896Oxirgi vaqtlardan fuqarolarni aldab ketgan xususiy bandlik agentliklari haqida xabarlar juda ko‘paydi. Surxondaryoda ham XBAning fuqarolarni aldab, katta pulg chuv tushirgani ma’lum bo‘ldi.
Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MCHJ rahbari Sh.A. va boshqalar 2019 yil davomida fuqarolarning ishonchini suiiste’mol qilib, Daniya va Shveysariya davlatlariga ishga yuborish vaji bilan ularning har biridan (61 nafar) 45 mln so‘mdan jami 2,6 mlrd so‘mni jamiyatning bank hisob raqamiga o‘tkazdirib, ularni ishga yubormasdan, fuqarolarning manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazishgan.
Bundan tashqari, jamiyatga aloqador shaxslar 2019 yilning iyul oyida Koreya Respublikasiga ishga yuborish vaji bilan 4 nafar fuqarolarning 16 500 AQSH dollari hamda 125 mln so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining shaxsiy ehtiyojlariga ishlatib yuborishganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan “I.J.O. xususiy bandlik agentligi” MCHJ rahbari Sh.A. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi