Yana bir davlat Rossiyani “terrorizm homiysi” deb tan oldi
Olam
−
15 dekabr 2022 9964 1 daqiqa
Polsha parlamentining quyi palatasi (Seym) kecha, 14 dekabr kuni kechqurun Rossiyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlat sifatida tan olish haqidagi rezolyutsiyani qabul qildi.
Qarorni qabul qilish uchun 231 deputat ovoz berdi, 226 deputat bu ovoz berishda qatnashmadi.
“Polsha Respublikasi Seymi Rossiya Federatsiyasini terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi va terrorchilik usullaridan foydalanadigan davlat sifatida tan oladi”, deyiladi hujjat matnida.
Rezolyutsiya matnida 2014 yil iyulida Malayziya havo yo‘llari samolyotining halokatga uchrashi va 2010 yil aprelida Smolensk yaqinida Polsha hukumati laynerining halokatga uchrashi uchun Rossiya bevosita javobgar ekanligi qayd etilgan.
Polsha deputatlari rezolyutsiyani faqat ikkinchi urinishda qabul qilishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan hafta muxolifat noroziliklari tufayli ovoz berish o‘tkazilmadi. Seymdagi mojaro Polshada hukmron “Qonun va adolat” partiyasining oxirgi lahzada Rossiya Federatsiyasining Polshaning Tu-154M samolyotining Smolenskda qulashi uchun javobgarligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya matniga tuzatish kiritishga urinishi tufayli yuzaga kelgan.
Seym rezolyutsiyasi joriy ichki yoki tashqi voqealar bo‘yicha parlament o‘z fikrini bildirishning ramziy, majburiy bo‘lmagan shaklidir. Bu normativ akt emas. Qoidaga ko‘ra, bunday qarorlar hukumatning harakatlarini qo‘llab-quvvatlash yoki hokimiyat e’tiborini biron bir muammoga jalb qilish uchun ishlab chiqilgan.
Live
Barchasi