Yana bir davlat epidemiya ustidan g‘alaba qozondi

Olam

image

Sloveniya rasmiylari o‘z mamlakatida koronavirus epidemiyasi tugaganligini e’lon qildi. Bu haqda “Interfaks“ nashri ma’lum qildi

“Bugun Sloveniyada Yevropadagi eng qulay epidemiologik vaziyat kuzatilmoqda. Bu mamlakatda epidemiyaning tugaganini e’lon qilishimizga imkon beradi“, deydi Sloveniya bosh vaziri Janez Jansha.

Italiya bilan chegaradosh Sloveniyada koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri atigi 1500 ta kasallik holati aniqlandi. Kasallanganlarning 103 nafari hayotdan ko‘z yumdi.

Shunga qaramay, rasmiylar jamoat joylarida niqob kiyib yurishni qo‘llab-quvvatladilar. Mamlakatda ijtimoiy masofa qoidalariga amal qilish ham davom etadi. Ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilishi hozircha taqiqlanadi.

“Ba’zi umumiy va maxsus choralar koronavirus tarqalish xavfi saqlanib qolgunicha kuchda qoladi“, deydi Sloveniya hukumati vakili. Ta’kidlanishicha, yuqoridagi cheklovlar hech bo‘lmaganda oyning oxirigacha amal qiladi.

Kelgusi hafta Sloveniyada ba’zi savdo markazlari va mehmonxonalar ochiladi. Joriy yilning 23 mayidan boshlab mamlakatda sport musobaqalari tiklanishi mumkin.

Lekin, mamlakatda hali koronavirusdan davolanayotgan bemorlar ko‘p. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Sloveniyada 1093 nafar bemor hali to‘liq sog‘aymagan.


Maqola muallifi

Teglar

Epidemiya Koronavirus Sloveniyada

Baholaganlar

519

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing