Yana bir “Barselona” hujumchisi jamoasini o‘zgartirishi mumkin

Sport

image

Angliyaning “Aston Villa” klubi Ispaniyaning “Barselona” klubi a’zosi Ferran Torresni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ingliz klubi “Barselona”ga futbolchi uchun 20 million yevro va o‘yin sifatiga qarab bonus sifatida 10 million yevro taklif qilmoqchi.

Kataloniyaliklar prezidenti Joan Laporta qanot hujumchisini 30 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas va futbolchi uchun xaridrolardan belgilangan summani talab qilmoqda. Hozirda Usmon Dembelening PSJga o‘tishi tufayli vaziyat yanada murakkablashdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dembele PSJga o‘tayotgani haqida xabar berilgandi. Dembele jamoadoshlariga PSJga o‘tishini aytgan. Kataloniya klubi vingeri parijliklar bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan. Qayd etilishicha, PSJ transfer uchun 50 million yevro to‘laydi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Aston Villa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing