Yana 10 nafar o‘zbekistonlik Kosta-Rika ostonasidan vataniga qaytadi
Jamiyat
−
03 mart
3419AQSH tomonidan Kosta-Rikaga deportatsiya qilinishi kerak bo‘lgan o‘zbekistonliklar Nyu-York orqali Toshkentga qaytariladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.
“Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin vatanga qaytish niyatida bo‘lgan yana 10 nafar fuqaromiz mazkur hafta davomida Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga yetib keladi”, deb yozdi Burhonov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika Qo‘shma Shtatlari mamlakatda ruxsatsiz bo‘lib turgan o‘zbekistonlik muhojirlarni Panamaga deportatsiya qilayotgani haqida ma’lum qilingandi. Buning ortidan O‘zbekiston elchixonasi AQSH hukumatiga Panamaga deportatsiya qilinganlar bo‘yicha so‘rov kiritdi.
Keyinroq esa AQSH tomoni bilan olib borilgan muzokaralar natijasida Kosta-Rikaga yuborilishi rejalashtirilgan, lekin O‘zbekistonga qaytish niyatida bo‘lgan 7 nafar o‘zbekistonlik Nyu-York – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytarildi.
LiveBarchasi