Yana hokim yordamchisi pora bilan ushlandi

3-sahifa

image

Kecha, 12 may kuni Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanida hokim yordamchisi 300 dollar pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi matbuot kotibi QALAMPIR.UZ'ga xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 12 yanvaridan boshlab Jonbuloq mahallasida hokim yordamchisi lavozimida ish yuritib kelayotgan E.F. Qarshi tumanida yashovchi fuqaroni Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga feldsher lavozimiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan. Evaziga 12 may kuni undan firibgarlik yo‘li bilan 300 dollarni olgan vaqtda jinoyat ustida qo‘lga tushgan.

Hozirda holat yuzasidan Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahri Yunusobod tumani hokimi yordamchisi 35 ming dollar olayotganda qo‘lga tushgan edi. Bundan tashqari, Toshkent viloyati Toshkent tumani hokimi yordamchisi ham pora bilan ushlangan.

Avvalroq, Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani “Sharq” mahallasidagi hokim yordamchisi imtiyozli kreditga tavsiya berish uchun “pora” olayotganda ushlanib, 5 yilga ozodlikdan mahrum etilganini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

240

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing