Yamandagi aeroport Saudiya va BAA o‘rtasidagi kelishmovchiliklar sababli yopildi
Olam
−
02 yanvar 2924 2 daqiqa
Yamandagi keskinlik kuchayishi ortidan Aden aeroporti BAA tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan Janubiy O‘tish Kengashi (STC) tomonidan yopildi. Xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumatini esa Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu haqda “Haaretz” xabar berdi.
Keltirilishicha, Saudiya Arabistoni qo‘llab-quvvatlaydigan hukumat Yamandagi keskinlikni jilovlash maqsadida BAAga qarashli parvozlarga cheklov qo‘ygan. BAA esa Janubiy O‘tish Kengashini qo‘llab-quvvatlamoqda.
31 dekabr kuni STC Saudiya Arabistoni ittifoqdosh qo‘shinlarini janubdagi bahsli Hadramaut viloyatiga joylashtirishga ruxsat berdi. STC vakili Muhammad al-Nakibning so‘zlariga ko‘ra, bu ittifoqning huciylarga qarshi yutuqlarini ta’minlash maqsadida qilinmoqda.
Hadramaut viloyati Saudiya Arabistoni bilan yaqin diniy va madaniy aloqalarga ega bo‘lib, STC'ning hujumi Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlarni keltirib chiqardi.
30 dekabr kuni Saudiya Arabistoni boshchiligidagi ittifoq Hadramaut poytaxti Mukalla portida BAAdan kelgan qurol-yarog‘ yuklarini bombardimon qildi. BAA esa bu ayblovlarni rad etdi va o‘z kuchlarini olib chiqayotganini ma’lum qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Yaman yillar davom etgan fuqarolar urushi sababli vayron bo‘ldi. Bu urush Eron qo‘llab-quvvatlagan husiylarni Saudiya Arabistoni, BAA va Yaman hukumatining koalitsiyasiga qarshi qo‘ydi. Janubiy O‘tish Kengashi esa Yamanning janubiy hududidan alohida bo‘lishni talab qilmoqda. Bu hudud ilgari – 1967 yildan 1990 yilgacha alohida bo‘lgan.
Saudiya Arabistoni va BAA mintaqaviy mojarolarda turli tomonlarni qo‘llab, ta’sir va resurslar uchun raqobatlashadi. O‘tgan yil oxirida husiylar kuchlari Hadramaut va al-Mahra viloyatlarining strategik hududlarini egallagach, Saudiya Arabistoni va husiylar o‘rtasidagi keskinlik oshdi.
Live
Barchasi