Yamanda urush tugadimi? – BMT vakili hisobot berdi
Olam
−
16 yanvar 2020
5720Yamandagi mojarolar tarixda ilk bor tinch davrni boshdan kechirmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibining Yaman bo‘yicha maxsus vakili Martin Griffits ma’lum qilgan.
“Men noyabr oyida Xavsizlik Kengashiga havodagi janglar 80 foizga qisqargani haqida gapirgan edim. Bu o‘sha paytdagi muhim yutuq edi. Bugun uni saqlab qolish va hatto yaxshilashga ham erishildi. Yanvar oyi boshidan buyon hali umuman aviazarbalar kuzatilmadi”, - dedi Griffits.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim joylarda harbiy harakatlar davom etmoqda. “Biroq quruqlikdagi kuchlarning harakati pasaygan. Biz bu vaziyat saqlanib qolishidan umid qilamiz. Ushbu mojaroning eng tinch davrlaridan biriga guvoh bo‘lib turibmiz”, deya ta’kidlagan Griffits.
Ma’lumot o‘rnida: Yamandagi mojarolar 2014 yildan buyon hukumat va qo‘zg‘olonchi-xusiylar o‘rtasida yuz berib kelmoqda. 2015 yil Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya hukumat qo‘shinlariga qo‘shildi. 2018 yilning dekabr oyida Stokgolmda BMT shafeligida o‘tgan muzokarada ikki tomon vakillari ilk bor uchrashishgan edi.
Sarvar Anvar o‘g‘li
LiveBarchasi