“Ochig‘ini ayting!” – Koronavirus sabab Xitoy AQSHdan tushuntirish so‘radi

Olam

image
Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi? north_east

Koronavirusga chalinganlar 100 mingdan oshdi. U AQSHning biologik qurolimi?

AQSH harbiylari koronavirusni Uxanga olib kelgan bo‘lishlari mumkin. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Chjao Litszyan ma’lum qilgan.

"Ochig‘ini ayting! Ma’lumotlaringizni e’lon qiling! AQSH bizga tushuntirish berishi kerak", deb yozdi xitoylik diplomat Twitter’dagi o‘z sahifasida.

Bu bilan Chjao Litszyan Amerikaning Kasalliklar nazorati markazi rahbari Robert Redfildning AQSHda odamlar go‘yoki shamollashdan o‘lgani, keyin esa ularda koronavirus aniqlangan bir nechta holat yuz bergani haqidagi bayonotiga izoh bergan.

Ayni damda Xitoy iqtisodi yana qaddini tuta boshladi. 

Masalan, Xubey provinsiyasidagi yirik korxonalarning 95 foizi ishga tushdi, xodimlarning 80 foizi ishlariga qaytgan. O‘rta va kichik biznes faoliyatining qayta tiklanishi esa 60 foizga yetgan.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda koronavirusga chalinganlar soni 135 801 nafardan oshdi. 4974 kishi undan vafot etdi. 70 352 nafar bemor shifo topdi.

Xitoyda 80813 nafar bemor koronavirusga chalingan bo‘lsa, undan vafot etganlar soni 3176 ga yetdi. AQSHda bu ko‘rsatkich mos ravishda 1336 - 36 nafarni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Xitoy koronavirus

Baholaganlar

1061

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing