Yaman Saudiya Arabistoni tomon ballistik raketa yo‘lladi
Olam
−
22 fevral 2020 10976 1 daqiqa
Saudiya Arabistoni havo mudofaasi tizimlari Yaman poytaxti Sana shahridan qirollik tomon yo‘nalgan ballistik raketalarni ushlab oldi va yo‘q qildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, raketa Yaman isyonchi harakati tarafdorlari tomonidan qo‘llanilgan. Bu haqida Saudiya Arabistonining SAP axborot agentligi xabar bermoqda.
Ma’lumotda keltirilishicha, ballistik raketalarni ushlash mahalliy vaqt bilan soat 00:30 (Toshkent vaqti bilan 22:30) bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, raketalarni uchirishdan maqsad tinch fuqarolar va ularning ob’ektlari bo‘lgan. “Bu xalqaro huquqni qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”, deyiladi nashrda.
Ta’kidlanishicha, Saudiya boshchiligidagi xalqaro koalitsiya gumanitar qonunlarga muvofiq, assotsiatsiyaga kirgan mamlakatlar aholisini himoya qilish uchun choralarni ko‘rishda davom etadi.
Ma’lumot o‘rnida: Yamandagi mojarolar 2014 yildan buyon hukumat va qo‘zg‘olonchi-xusiylar o‘rtasida yuz berib kelmoqda. 2015 yil Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya hukumat qo‘shinlariga qo‘shildi. 2018 yilning dekabr oyida Stokgolmda BMT shafeligida o‘tgan muzokarada ikki tomon vakillari ilk bor uchrashishgan edi.
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28