Yaman qirg‘oqlarida kema yana hujumga uchradi
Olam
−
19 fevral
4387Yamanning janubi-g‘arbiy sohillarida yana kemaga hujum qayd etildi. Bugun, 19 fevralga o‘tar kechasi Mocha port shahridan 35 dengiz mili janubda kemaga hujum bo‘ldi. Bu haqda Birlashgan Qirollik dengiz savdosi operatsiyalari (UKMTO) markazi ma’lum qildi.
"Kapitan kema yaqinida portlash sodir bo‘lgani va zarar yetkazilgani haqida xabar berdi. Kapitan barcha ekipaj a’zolari xavfsiz ekanini ma’lum qildi", deyiladi UKMTO xabarida.
Markaz kemaning nomi va turini ochiqlamadi.
Keyinroq departament aniqlik kiritishicha, ekipaj kemani tark etgan. Kemalarga ehtiyotkorlik bilan harakat qilish va har qanday shubhali faoliyat haqida xabar berish tavsiya etilgan.
LiveBarchasi