Yaman husiylari Isroil kemalarini o‘qqa tutish bilan tahdid qilmoqda

Olam

image

Yamandagi “Ansor Alloh” (husiylar) harakatining rasmiy vakili Yahyo Sari Anun Isroilga kemalarini o‘qqa tutish bilan tahdid qildi. Bu haqda tashkilotning Telegram-kanalida e’lon qilingan bayonotda keltirilgan. 

Qayd etilishicha, Yahyo Sari dunyo mamlakatlarini o‘z fuqarolarini Qizil dengizdagi Isroil kemalari bortidan evakuatsiya qilishga chaqirgan. Shuningdek, u mazkur hududdagi yahudiy davlati bayrog‘i ko‘tarilgan har qanday kemaga hujum uyushtirilishidan ogohlantirgan. 

“Yaman qurolli kuchlari quyidagi kemalarga hujum qilishlarini e’lon qilamiz, bular: sionistik tuzilma bayrog‘i ostida harakatlanayotgan, Isroil kompaniyalari tomonidan boshqariladigan, Isroil kompaniyalariga tegishli bo‘lgan kemalardir”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, husiylar Yamanda faoliyat yuritayotgan yarim harbiylashtirilgan guruh hisoblanadi. Ular 2004 yilda Yaman hukumatiga qarshi qurolli qo‘zg‘olon ko‘tarib, mamlakat janubidagi ayrim hududlarni asta-sekin nazoratga olgan. Husiylar 2011 yilda Yamandagi inqilobda qatnashgan, oqibatda prezident Ali Abdulla Solih iste’foga chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 31 oktyabr kuni Yamandagi “Ansor Alloh” harakati Isroilga rasman urush e’lon qilgandi. Tashkilotning rasmiy vakili Yahyo Sari husiylarning bu harakatlari Falastindagi mazlumlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilgan uchinchi operatsiya ekanini da’vo qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Isroil tahdid husiylar Ansor Alloh Yahyo Sari Anun

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing