Yamalning agenti mijozining maoshi oshirilishini xohlayapti

Sport

image

Dunyoning eng mashhur agentlaridan biri Jorje Mendesh mijozi, 17 yoshli futbolchi Lamin Yamal uchun “Barselona”dan yaxshi sharoitlarni talab qilmoqda. Bu haqda “Diario Sport” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mendesh klub rahbariyatidan Yamal bilan shartnomani ko‘rib chiqishni so‘ramoqda va uning maoshi oshirilishini istamoqda.

Klub prezidenti Laporta esa ikki tomonni qoniqtiradigan iqtisodiy harakatlarni boshlashga va’da berdi. “Barselona” uchun ustuvor vazifalardan biri Yamalning klubdan ketish fikriga kelmasligidir.

Yamalning “Barselona” bilan birinchi professional shartnomasi 3 yillik. Unda shartnoma yakunida sezilarli o‘sish bilan 2030 yilning yozigacha uzaytirilishi ko‘rsatilgan, biroq Mendesh Lamin uchun sharoitlar yaxshilanishini uch yil kutishini istamayapti.

O‘tgan mavsumda Kataloniya klubi vunderkindi barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Yamal Yevro-2024'da ham 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lamin Yamal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing