Yakun yaqin. Kimning qo‘li baland kelmoqda? 

Olam

image

Turkiya Prezidentligi uchun kurash qizg‘in tus olmoqda. Allaqachon jami ovozlarning 85,89% e’lon qilib bo‘lindi.

Unga ko‘ra natijalar quyidagicha: 

Rajab Toyib Erdo‘g‘an: 50,30%
Kamol Qilichdoro‘g‘li: 43,91%
Sinan Og‘an: 5,31%

Hech kimga sir emaski, prezidentlik uchun  asosiy kurash  "Jumhuriyat"  partiyasi vakili Rajab Toyib Erdo‘g‘an hamda "Millat ittifoqi"  muholifat partiyasidan nomzod Kamol Qilichdoro‘g‘li o‘rtasida kechmoqda.

Turkiyaliklar esa bu tunni uyqisiz o‘tkazmoqchi.  Ayni paytda Erdo‘g‘an shtab kvartirasi oldi Turkiya bayrog‘i va amaldagi prezident suratini ko‘targan aholi vakillariga to‘lgan. Xuddi shunday Qilichdoro‘g‘lining qarorgohi oldida ham uning tarafdorlari tomonidan qo‘llab-quvvatlov shiorlari ovozi yangramoqda. 

Shuningdek,  Turk telekanallari orqali Qilichdoro‘g‘li tarafdorlari e’lon qilinayotgan raqamlar yolg‘on ekanini aytib,  haqiqiy raqamlar bo‘yicha Kamol Qilichdoro‘g‘li Erdo‘g‘andan ancha oldinda ekanini aytib chiqdi. 

Bunga javoban Erdog‘an partiyasi saylov masalalari bo‘yicha rais o‘rinbosari Ali Ihsan Yavuz natijalarda hech qanday yolg‘on yo‘qligini bildirdi. 

"Vahima muhitida ular endi institutlarni ayblamoqda. Siz natijalarni hammadan oldin bilishga tayyorlanayotgan edingiz, bir necha oy davomida ehtiyot choralarini ko‘rdingiz, demak siz nima bo‘layotganini tushunasiz. Ayni paytda biz parlamentda ham, prezidentlik poygasida ham ancha oldindamiz", dedi u. 

Jarayonni sinchkovlik bilan kuzatayotgan siyosatshunoslar va ekspertlar esa ehtimol ikkinchi raund muqarrar ekani haqida gapirmoqda.

Eslatib o‘tamiz,  Oliy davlat lavozimi uchun kurashda g‘alaba qozonish uchun 50 foizdan ko‘proq ovoz olish kerak. Mahalliy siyosatshunoslar ham hozirgacha Turkiyada prezidentlik saylovlari ikki turda o‘tkazilishini istisno etmayapti. Bunda ikkinchi tur 28 may kuni bo‘lib o‘tadi. Unda ko‘pchilik ovozini to‘plagan nomzod g‘olib deb e’lon qilinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Erdo'g'an Qilichdoro'g'li

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing