Yakshanbada majlisbozlik qilgan Buxoro hokimi qonunni buzgani tasdiqlandi. Unga jazo bormi?

Jamiyat

image

Avvalroq, joriy yilning 6 fevral – haftaning yakshanba kuni Buxoro viloyatining Buxoro, Vobkent va G‘ijduvon tumanlarida viloyat hokimi Botir Zaripov rahbarligida yig‘ilish o‘tkazilgani haqida xabar bergandik. Ushbu holat bo‘yicha Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rganish o‘tkazib, natijalarini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan viloyat Bandlik bosh boqarmasi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, viloyat hokimi tomonidan yakshanba kuni Buxoro, Vobkent, Hijduvon va Shofirkon tumanlarida uchrashuv o‘tkazilganiga sababli mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik talablari buzilgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, qonun buzilish holatlari bartaraf etish va kelgusida bunga yo‘l qo‘ymaslik, dam olish kunlari ishga jalb etilgan xodimlarga ikki hissa miqdorida haq to‘lanishi yoki xodimning istagiga qarab boshqa dam olish kuni (otgul) berish bo‘yicha Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan yozma ko‘rsatma va inspeksiya rahbari tomonidan viloyat hokimi nomiga taqdimnoma kiritilgan.

Agarda boshqa biror rahbar, aytaylik, maktab direktori dam olish kunida xodimlarini ishga chaqirganda edi uni jarima bilan siylagan bo‘lishardi. Ammo negadir hokim bilan bunday bo‘lmadi. Yana bir emas, uch tumanda shunday bo‘lgan. Aslida-ku hokimni jarimaga tortilsa ham bu katta ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Negaki hokim uchun arzimagan jarimani to‘lash muammo tug‘dirmaydi. Bu yerda qonunlarning barcha uchun tengligida, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

hokim majlis

Baholaganlar

254

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing