Surxondaryo hokimiga ham birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Surxondaryo viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan Anvar Hamidovich Oripov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan uning o‘rniga Sherzod Abdumuradovich Rajabov tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Sherzod Rajabov 1984 yil Qiziriq tumanida tug‘ilgan. 2007 yilda Termiz davlat universitetini, 2014 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U mehnat faoliyati davomida Surxondaryo viloyati hokimligida guruh rahbari, Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligida bo‘lim boshlig‘i, direktor o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi direktorining o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qilgan. U mazkur lavozimga tayinlangunga qadar, 2023 yildan buyon Qiziriq tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Navoiy va Qashqadaryo viloyati hokimlariga ham yangi o‘rinbosarlar tayinlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo hokim o'rinbosar Sherzod Rajabov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing