Yakshanba tongida Mahmud Murodov UFC'dagi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Sport

image

Ertaga, 4 fevral tongida o‘zbekistonlik UFC jangchisi Mahmud Murodov tashkilotdagi 7-jangini o‘tkazadi. Murodovga dog‘istonlik Aliasxab Xizriyev raqiblik qiladi.

33 yoshli Xizriyev shu vaqtga qadar UFC'da 1 ta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. U 2022 yilning mart oyida tashkilotdagi debyutida rossiyalik Denis Tyulyulinga qarshi oktagonga chiqib, texnik nokaut bilan raqibidan ustun kelgan. MMA'da umumiy 14 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini mag‘lub etgan.

Xizriyev bilan tengdosh hisoblangan Mahmud Murodov shu vaqtga qadar UFC'da olti marta oktagonga chiqib, 4 ta jangda g‘alabaga erishgan bo‘lsa, 2 ta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan. Oxirgi jangini o‘tgan yili iyul oyi oxirida amerikalik Brayan Barberenaga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qarori bilan zafar quchgan.

Ma’lumot uchun, Murodov-Xizriyev jangi 4 fevral tongida, Toshkent vaqti bilan taxminan 5:30 larda boshlanishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Mahmud Murodov Aliasxab Xizriev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made