Yakshanba kuni yomg‘ir yog‘ib, havo harorati pasayadi

Bu qiziq

image

Bugun, 3 dekabr kuni O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga Kavkaz hududlaridan antitsiklon kirib keladi, qolgan hududlarda iliq harorat saqlanib turadi. Bu haqda Gidrometeorologi xizmati markazi xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston hamda Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati +15…+20 darajagacha bo‘ladi.

Ertaga, 4 dekabr kuni Buxoro, Navoiy viloyatlarida kuchsiz yomg‘ir yog‘ishi saqlanib turadi, qolgan hududlarda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Harorat foni pasayadi va kechasi +5…+10 darajani, kunduz kuni +9…+14 darajani tashkil etadi.

Qayd etilishicha, yakshanba, 5 dekabr kuni salqin havo massalari O‘zbekistonning barcha  hududlariga tarqaladi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Qoraqalpog‘istond hamda Xorazm, Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati shu kunning me’yoriy qiymatlariga nisbatan yanada pasayadi va kechasi +2…+7 darajani, kunduz kuni esa +5…+10 darajani tashkil etadi, shimolda kechasi -3…-8 darajagacha, kunduz kuni 0…-5 darajagacha bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

332

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing