Yakkasaroydagi YTHda piyoda vafot etdi
Jamiyat
−
13 Sentabr 2019
4426Toshkent shahrida yo‘lning belgilanmagan joydan yugurib kesib o‘tmoqchi bo‘lgan erkak avtomobil bosib ketishi oqibatida vafot etdi.
Kecha, 12 sentyabr kuni soat 19:50da poytaxtning Yakkasaroy tumanidagi kichik xalqa avtomobil yo‘lida piyodaning o‘limiga sabab bo‘lgan YTH sodir bo‘ldi.
"Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi 26 yoshli D.J. 61 yoshli piyoda I.M. ni urib yuborgan.
Natijada tan jarohatlari olgan. I.M shifoxonaga olib ketilayotganida hayotdan ko‘z yumgan.
YTH sababi: piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan yugurib kesib o‘tmoqchi bo‘lgan.
LiveBarchasi