Yakkasaroyda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha uziladi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi ba’zi ko‘chalarda bir kunga ichimlik suvi ta’minoti to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Shaharda 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish dasturiga muvofiq, joriy yilning 25 avgust kuni soat 22:00 dan 26 avgust 18:00 ga qadar Yakkasaroy tumani Cho‘pon ota ko‘chasidan o‘tuvchi ichimlik suvi tarmog‘ida profilaktik ta’mirlash  ishlari amalga oshiradi. 

Ta’mirlash ishlari sabb quyidagi manzillarda ichimlik suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi: 

•  Yakkasaroy ko‘chasi;  

•  Suqrot ko‘chasi;  

•  Hiloliy 3-tor ko‘chasi; 

•  Shota Rustavelli ko‘chasi; 
  
•  Nasafiy ko‘chasi;  

•  Cho‘pon ota ko‘chasi.  

Avvalroq,Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek tumanlarid issiq suv ta’minoti uzilishi haqida xabar bergandik.

Ahrorbek Hayrullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing