Toshkentning 4 tumanida issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Jamiyat

−

image

Joriy yining 24 avgust kuni Toshkentning Yunusobod, Olmazor, Shayxontohur, Mirzo Ulug‘bek tumanlarida issiq suv ta’minoit uziladi. Bu haqda poytaxt hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

“24 avgust kuni Yunusobod tumanidagi 4-Issiqlik markazida gaz ta’minoti vaqtincha uzilishi munosabati bilan soat 9:00 dan kun yakunigacha qator manzillarga issiq suv yetkazilishi to‘xtatiladi”, deyiladi xabarda.

Issiq suv ta’minoti to‘xtatiladigan joylar:

•    Yunusobod tumani to‘liqligicha;
•    Olmazor tumani to‘liqligicha;

Shayxontohur tumanining:

•    Ibn Sino mavzesi;
•    Jarariq mavzesi;
•    Beltepa mavzesi;
•    S-13, S-14, S-15 mavzelari;

Mirzo Ulug‘bek tumanining:

•    S-1, S-2 mavzelari;
•    Hamid Olimjon mavzesi.

“Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz”, deyiladi hokimlik xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

178

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing