Yakkabog‘ tumani hokimi o‘rinbosari YTHga uchradi
3-sahifa
−
25 avgust 2021
9069Joriy yilning 22 avgust kuni Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida Yakkabog‘ tumani hokimining o‘rinbosari yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
YTH chamasi soat 22:00 larda Qamashi tumani, “Elabod” mahallasi, Kattaarab qishlog‘i hududidan o‘tgan “Langar-Maydanak” 4N314-raqamili yo‘lining 4 kmda yuz bergan. Yakkabog‘ tumani, Galamulla qishlog‘ida yashovchi, Yakkabog‘ tuman hokimligida haydovchi vazifasida ishlovchi A.R o‘zining boshqaruvidagi davlat raqami 70 091 DAV Nexia-3 rusumli avtomashinani boshqarib kelib, “Langar” suv omborining beton to‘sig‘iga urilgan.
Natijada, avtomashinada bo‘lgan Yakkabog‘ tuman hokimining qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.F., yana ikki yo‘lovchilar turli tan jarohatlari olib, tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Qamashi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.