Yaxshiroq o‘tirib oling! Qo‘chqorov O‘zbekistonning tashqi qarzi qanchaligini aytdi

Jamiyat

image

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida Bosh vazir o‘rinbosari – Moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov nutq so‘zlayotgani haqida xabar bergan edik. 

Mamlakatning bosh hisobchisi senatorlarning tashqi qarz yuzasidan savollariga javob qaytararkan, O‘zbekistonning tashqi qarzi yil yakuniga qadar 15,3 milliard AQSH dollarini tashkil etishini ochiqladi. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan 25,4 foiz degani. 

“Joriy yilning boshida bu boradagi ko‘rsatkich 9 milliard dollar atrofida bo‘lgan bo‘lsa, oktyabr oyi holatiga ko‘ra, 13,5 milliard dollarni tashkil qilgan.

Kreditorlarni asosan xalqaro moliya tashkilotlari tashkil etadi. Bular Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki va boshqalardir.

Kreditorlar davlatlar ichida Xitoy (2 milliard dollar), Yaponiya (1,5 milliard dollar) yetakchi”, deydi Qo‘chqorov.

Kredit sifatida olinayotgan mablag‘lar yirik-yirik loyihalarni amalga oshirishga sarflanmoqda. Albatta, bu mablag‘larning maqsadli sarflanishi bo‘yicha monitoring amalga oshirilayotir. Bu haqda aholini kengroq xabardor qilish maqsadida kelgusida mediatarmoqlarda ko‘proq chiqishlar amalga oshirilishi aytib o‘tildi.

“Xalqaro valyuta jamg‘armasining qo‘llanmasi asosidagi hisob-kitoblarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi uchun makroiqtisodiy sharoit va ayirboshlash kursining ko‘p ssenariyli prognozidan kelib chiqib, davlat qarzining xavfsiz darajasi YAIMga nisbatan 50 foizni (44 – 55 foiz oralig‘ida) tashkil etmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, xozircha qarzimiz xavfsiz darajada, biroq uzoq muddatda byudjet barqarorligini saqlash maqsadida tashqi qarzni jalb etish bo‘yicha imzolanadigan yangi shartnomalarning chegaralangan miqdorini 4 mlrd AQSH dollar, davlat maqsadli dasturlarini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilinadigan tashqi qarzning cheklangan hajmini 1,5 mlrd. AQSH dollari miqdorida belgilash taklif etilmoqda”, deydi Jamshid Qo‘chqorov.


Maqola muallifi

Teglar

Jamshid Qo'chqorov

Baholaganlar

717

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing