Yaqin Sharqdan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar 32 mingdan oshdi

Jamiyat

image

Yaqin Sharqdagi urush fonida joriy yil 28 fevraldan buyon ushbu mintaqadan qaytarilgan o‘zbekistonliklar soni 32 934 nafarga yetdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, bugun, 13 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 32 934 nafar fuqaro qaytarilgan. 

Kecha, 12 mart kuni O‘zbekistonning Qatardagi elchixonasi tomonidan 49 nafar fuqaro BAA va Saudiya Arabistoniga yetkazilib, Toshkentga uchib ketishi ta’minlangan. Ayni paytda navbatdagi fuqarolar guruhi shakllantirilib, ularning Doha shahridan Dubay orqali O‘zbekistonga qaytishi masalalari ishlab chiqilgan.

BAAdagi diplomatik vakolatxonalar tomonidan 147 nafar fuqaroning Toshkentga uchib kelishiga ko‘maklashilgan.

O‘zbekistonning Erondagi elchixonasi tomonidan 5 nafar fuqaro qo‘shni davlatlar hududi orqali chiqib ketishi ta’minlangan.  

Isroildagi diplomatlar tomonidan 4 nafar fuqaroning Misr orqali O‘zbekistonga qaytishi tashkil etilgan. 

O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasi, Jidda shahridagi bosh konsulxonasi va Transport vazirligi bilan hamkorlikda charter reyslari orqali 2 735 nafar fuqaroning mamlakatga qaytishi ta’minlangan. Mazkur mamlakatda evakuatsiya tadbirlari yakunlangan.

Eslatib o‘tamiz, 8 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, urush fonida Yaqin Sharqdan O‘zbekistonga jami 19 347nafar fuqaro qaytarilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi evakuatsiya Yaqin Sharq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing