Yaqin kelajakda AQSH havo kuchlarining asosiy qismi uchuvchisiz bo‘ladi 

Olam

image

10-15 yil ichida AQSH havo kuchlari samolyotlarining muhim qismi uchuvchisiz bo‘ladi. Bu haqda bugun, 8 iyun kuni Milliy mudofaa universiteti bitiruvchilari oldida nutq so‘zlagan AQSH Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi (CENTCOM) raisi, general Mark Milli ma’lum qildi.

“Keyingi 10-15 yil ichida siz AQSH Harbiy-havo kuchlaridagi samolyotlarning juda yuqori foizini uchuvchisiz yoki qisman (odamlar tomonidan) boshqarilayotganini ko‘rasiz. Robototexnika bizga juda tez yaqinlashmoqda”, degan CENTCOM raisi.

Millining qo‘shimcha qilishicha, tez orada uchuvchisiz harbiy texnika, xoh havo kuchlarida, xoh quruqlikdagi qo‘shinlarda yoki turli mamlakatlarning dengiz flotlarida bo‘lsin, turli harbiy amaliyotlarda juda keng qo‘llaniladi. 

"Kichik miqdorda, biz ko‘p yillardan buyon foydalanamiz, ammo yaqin o‘n yilliklarda robototexnikadan harbiy harakatlarda ommaviy foydalanishni ko‘rasiz", deydi general.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Pentagon global raqobat maydoniga aylanib borayotgan Arktikaga ko‘proq e’tibor qaratishi va u yerda xalqaro harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani aytilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh samolyot CENTCOM

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing