Yaqin qarindoshlarning bir tashkilotda ishlashi bo‘yicha norma qayta ko‘rib chiqiladi – Qo‘chqorov
Jamiyat
−
11 iyun 2020
19597Avvalroq, Adliya vazirligida “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamasiga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik.
Brifingda Adliya vaziri o‘rinbosari Bahrom Qo‘chqorov davlat xizmatlarini takomillashtirish jaryonida yaqin qarindoshlarning bir davlat tashkilotida ishlashi bo‘yicha norma qayta ko‘rib chiqilishini ta’kidlab o‘tdi. U bu bo‘yicha takliflar tushganini qo‘shimcha qildi.
“Ko‘p takliflar berilgan. Masalan, yaqin qarindosh bo‘lganlarning bitta davlat tashkiloti yoki muassasada xizmat qilishi bo‘yicha. Bu norma qayta ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, xorijiy banklarda hisob raqami yuritish degan normalar bor. Uni ham, albatta, kelib tushgan takliflar va ilg‘or tajriba asosida qayta ko‘rib chiqamiz. Davlat xizmatchilarining qimmatli qog‘ozlarni sotib olishi bo‘yicha ham e’tirozlar bo‘lgan. Bu umumiy tajribaga zid emas. Lekin bu normani ham qayta ko‘rib chiqsak bo‘ladi”, dedi Bahrom Qo‘chqorov.
U bir mamlakatning davlat xizmatlari borasidagi tajribasi asosida emas, xalqaro darajada shakllangan modellardan O‘zbekistonning milliy qonunchiligiga mos keluvchisini tanlagan holda qonun loyihasini qayta ishlash davom ettirilishini ta’kidlab o‘tdi.
Ma’lumot uchun, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunning 13-moddasida yaqin qarindoshlarning bir tashkilotda ishlashi bo‘yicha norma belgilangan.
13-modda. Davlat fuqarolik xizmatini o‘tash bilan bog‘liq cheklovlar
Davlat fuqarolik xizmatchisi quyidagilarga haqli emas:
o‘zaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda (ota-onalar, ota-onalarning aka-ukalari va opa-singillari, aka-ukalar, opa-singillar, o‘g‘il, qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va farzandlari) bevosita lavozim bo‘ysunishida bo‘lgan davlat lavozimini egallashga, qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno;
LiveBarchasi