Yadroviy qurollarga eng ko‘p pul sarflagan davlatlar ma’lum bo‘ldi

Olam

image

AQSH 2020 yilda yadroviy qurollarga sarflangan xarajatlar bo‘yicha dunyoda yetakchilik qildi. Amerika bunday qurollar uchun 37,4 mlrd dollar sarflagan. Bu haqda Yadroviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha xalqaro kampaniya (International Campaign to Abolish Nuclear Weapons, ICAN) hisobotida ma’lum qilindi.

2020 yilda dunyo davlatlari yadroviy qurollar uchun jami 72,6 mlrd ko‘p mablag‘ sarflagan va bu 2019 yilga nisbatan 1,4 mlrd dollarga ko‘p. Kuchli beshlikka AQSHdan tashqari, Xitoy (10,1 mlrd dollar), Rossiya (8 mlrd), Buyuk Britaniya (6,2 mlrd) va Fransiya (5,7 mlrd) kirgan.

Hindiston, Isroil va Pokiston yadroviy qurollar uchun milliard dollardan ko‘proq sarflagan. Shimoliy Koreya esa 667 mln dollar yo‘naltirgan.

ICAN Yadroviy qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi shartnomani targ‘ib qilish maqsadida tashkil qilingan. Yadroviy davlatlar – Rossiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, AQSH va Fransiya bu shartnomni rad qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

yadroviy qurol

Baholaganlar

613

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing