Yahudiy aqidaparastlar yana Al-Aqsoga bostirib kirdi – OAV

Olam

image

Yahudiy aqidaparastlar Isroil politsiyasi hamrohligida Islom ziyoratgohi – bosib olingan Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi hududiga bostirib kirishda davom etmoqda.

Bugun, 18 aprel kuni erta tongda bomdod namozidan so‘ng Isroil politsiyasi falastinliklarni kuch bilan tarqatib yuborgach, aqidaparastlar Islom ziyoratgohi hududiga kirib kelgan. Bu haqda "Anadolu" agentligi xabar berdi.

Isroil politsiyasi yahudiylar kirishidan oldin “yuzlab niqobli falastinliklar tosh yig‘ishni boshlaganini” bildirgan. Politsiya yahudiy ko‘chmanchilar xavfsizligini ta’minlash uchun falastinliklarni tarqatishga harakat qilgan.

Bundan oldin isroilliklar “Qibla” masjidi oldidagi olomonni tarqatib yuborgani, falastinliklardan biri politsiya tomonidan hibsga olinib, kaltaklangani aytilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 15 aprel kuni Quddusdagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi. Bunga Isroil politsiyasining muqaddas ziyoratgoh hududiga bostirib kirishi sabab bo‘ldi.

Hozirgacha Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Yaman, Iroq, Liviya, Iordaniya va Turkiya Isroil kuchlarining Al-Aqsoga kiritganini qoralab chiqdi.

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham Falastin ma’muriyati rahbari Mahmud Abbos bilan telefon orqali muloqot qilib, Al-Aqso atrofidagi hodisalarga qarshilik ko‘rsatishini bildirdi.

Ma’lumot uchun, Quddusdagi “Al-Aqso” masjidi musulmonlarning birinchi qiblasi hisoblanadi.

Mutaassib yahudiylar ziyoratgoh shoh Sulaymon maqbarasi vayronalari o‘rnida barpo etilgan deb, masjid hududiga tez-tez bostirib kiradi.

Isroil va Iordaniya o‘rtasida 1994 yilda tuzilgan kelishuvga binoan “Al-Aqso” masjidi Quddus Islom jamg‘armalari boshqarmasi tomonidan boshqariladi.

Biroq, 2003 yildan beri yahudiylar ma’muriyat ruxsatini e’tiborga olmay, Isroilning bir tomonlama qarori bilan politsiya hamrohligida ziyoratga bostirib kirishni boshladi. Islom jamg‘armalari boshqarmasi bunday harakatlar musulmonlar suverenitetining buzilishi ekanini ta’kidlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Al-Aqso

Baholaganlar

266

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing