XXI asrning eng yaxshi himoyachilari reytingi e’lon qilindi

Sport

image

Fransiyaning “Canal+” nashri o‘z talqini bo‘yicha XXI asrning eng yaxshi 15 nafar himoyachisi reytingini e’lon qildi. Unda Serxio Ramos asrning eng yaxshi himoyachisi deb topilgan.

Manbaga ko‘ra, ushbu ro‘yxatda Ispaniya terma jamoasi hamda “Real Madrid” himoyachisi Serxio Ramos yetakchilik qilmoqda. U zamonaviy futbol davrining eng kuchli himoyachilaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

Afsonaviy italiyalik himoyachi Paolo Maldini ikkinchi o‘rinni egallagan bo‘lsa, “Real Madrid” va Braziliya terma jamoasi afsonasi Roberto Karlos uchinchi pog‘onadan joy olgan. Shuningdek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro va Karles Puyol ham ushbu ro‘yxatda kuchli beshlikka kiritilgan.

XXI asrning eng yaxshi 15 himoyachilari ro‘yxatidan yana quyidagi futbolchilar o‘rin olgan: Kafu, Alessandro Nesta, Dani Alves, Lilian Tyuram, Rio Ferdinand, Marselo, Filipp Lam, Tiago Silva, Rafael Varan.

Qayd etish joiz, Ramos 2005-2021 yillarda “Real Madrid” sharafini himoya qilgan va klub bilan besh marta Ispaniya chempionligi hamda to‘rt marta Chempionlar ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan. 2021-2023 yillarda esa u “Pari Sen-Jermen” safida o‘ynab, ikki marta mamlakat chempioni bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

reytingi XXI asr himoyachilar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing