Xon Saroy navbatdagi “Sayram” loyihasi eshiklarini ochdi

Biznes

Joriy yilning 1 avgust kuni O‘zbekistondagi eng yirik qurilish kompaniyalaridan biri bo‘lgan Xon Saroy o‘zining navbatdagi “Sayram” deya nomlangan loyihasi eshiklarini ochdi.

“Sayram“ loyihasi Yunusobod 14-mavzeda qad rostlagan bo‘lib, bino umumiy 16 qavatdan iborat. Mazkur bino 35,4 metr kvadratdan 101 metr kvadratgacha bo‘lgan 126 ta xonadondan tashkil topgan. Xonadonlarda 40,4 metr kvadratgacha bo‘lgan ochiq terrasalari ham mavjud.

Mazkur loyiha asosida bunyod etilgan turar-joy binosidan uy sotib olgan xaridorlarning so‘zlariga ko‘ra, bino so‘nggi zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Umumiy foydalanishdagi yo‘laklar keng bo‘lib, liftlari ham ancha qulay.

“Uy xarid qilishdan oldin albatta uni ishonchliligini ko‘rish kerak. Biz bu kompaniyani anchadan beri kuzatib, ishonch hosil qilib keyin xarid qildik. Endi biz bu yerdan yerto‘la qismini qurayotgan paytida tepa qavatdan 51 metr kvadrat uy xonadon xarid qilganmiz. O‘sha paytda 21 metr kvadrat balkon bizga shunday hadya etildi”, deydi boshqa xaridor.

Loyihaning pastki 3 qavatida ko‘ngilochar maskanlar, do‘konlar, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari bo‘lishi rejalashtirilgan. Ichki hovlida bolalar uchun xavfsiz maydoncha ham mavjud. Turar-joyda uzluksiz ishlovchi zamonaviy liftlar o‘rnatilgan bo‘lib, yopiq hovli 24/7 rejimida ishlovchi kuzatuv kameralari bilan ta’minlangan.

Loyihaning ochilish marosimiga xalqimizning sevimli xonandalari Shohruhxon, Yorqinxo‘ja Umarov va boshqalar tashrif buyurdi. Tadbir chog‘ida Xonzoda, Imona va Maftuna kabi bir qator blogerlar ham kelib, marosimni ko‘tarinki ruhda o‘tishiga hissa qo‘shdi.

Ma’lumot uchun, “Xon Saroy” kompaniyasi o‘z faoliyatini dastlab Navoiy viloyatida, keyin esa 2019 yil Toshkent shahridagi “Xon Saroy“ nomli loyihadan boshlagan. Hozirgi kunda Toshkent shahrida qurilgan va qurilayotgan loyihalar soni 12 tani tashkil qiladi. Bulardan ”Xon Saroy“, ”Mega Tower“, ”Pandora“, ”Ayvon“, ”Diplomat“ loyihalaridagi xonadonlarni o‘z egalariga topshirib kelmoqda.

“Sayram” loyihasi Toshkent shahrida topshirilgan 6-loyiha hisoblanadi. Bundan tashqari, joriy yilda yana bir “Zoʼrsan” loyihasining sotuvi boshlangan bo‘lib, hozirgi kunda yana 5 ta loyihada qurilish ishlarini olib bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy Sayram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made