“Xon Saroy music” g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi

Biznes

2022 yilning sentyabr oyida “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi tomonidan “Xon Saroy music” mega loyihasiga start berilgandi. Mazkur loyiha mana shu bir yil ichida O‘zbekistoning 12 viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iste’dodli, qo‘shiq kuylashga ishtiyoqmand yoshlarni tanlov asosida saralab oldi. Bugun esa “Xon Saroy music” tanlovida g‘olib bo‘lganlarga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

“Xon Saroy music” loyihasi keng qamrovda tashkillashtirilgan bo‘lib, bir oyning o‘zida 260 millionga yaqin ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Loyihada ishtirok etgan ikki ming nafar yoshlardan 10 nafari so‘nggi bosqichgacha yetib keldi.

Uning yakuniy natijalariga ko‘ra, birinchi o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasidan Miyassar Dauletbayeva qo‘lga kiritdi. Mukofot tariqasida unga “Xon Saroy” kompaniyasi tomonidan qurilgan ikki xonali uy, avtomobil hamda “Xon Saroy media” bilan uzoq yillik hamkorlik qilish imkonini beruvchi sertifikatlar berildi.

“Xon Saroy music” loyihasida qatnashganimdan juda xursandman. Kutganimdan ham ortiqroq sovg‘alar berayotgan “Xon Saroy” qurilish kompaniyasiga minnatdorchilik bildiraman. Mana shu loyiha doirasida bizga ustozlik qilgan Alisher Uzoqovga, yaqindan yordam bergan ijodkorlarga, barcha tashkilotchilarga rahmat deb qolaman. Menga berilgan ikki xonali uy, mashina va bir qancha sertifikatlar faqatgina meni emas, butun Qoraqalpoq xalqini quvontirdi”, deydi u.

“Xon Saroy music” loyihasida ikkinchi o‘rinni esa Noila Habibullayeva egalladi. Unga “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi tomonidan 100 million so‘m pul mukofoti va “Xon Saroy media” bilan hamkorlik qilish uchun sertifikat berildi.

“Namangan viloyatidan qatnashgan edim. Dastlab kuchli o‘ttiztalikka, keyin esa kuchli o‘ntalikka kirdim. Finalgacha yetib kelib, unda ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdim. Yuz million so‘m pul mukofoti va maxsus sertifikatlar sohibasi bo‘ldim. Bu loyihada qatnashganimdan juda xursandman”, deydi Noila Habibullayeva.

Uchinchi o‘rin esa Jasurbek Subhonovga nasib etdi. Unga esa 50 million so‘m pul mukofoti hamda “Xon Saroy media” bilan hamkorlik qilish uchun maxsus sertifikatlar taqdim etildi.

“Bu loyihadan juda ko‘p narsa oldim, to‘g‘risi. Shu loyiha ortidan anchagina muxlislar orttirdim, qo‘shiqlarim xit darajasiga chiqdi. “Xon Saroy” qurilish kompaniyasidan juda ham minnatdorman. Kompaniya vakillari bizni viloyat tanlovida kashf etdi. Barcha xarajatlarimiz qoplab berildi. “Xon Saroy” qurilish kompaniyasiga omad tilab qolaman”, deydi u

“Xon Saroy Media” produsserlik markaziga  2022 yil avgust oyida “Xon Saroy” kompaniyasi boshchiligida Jasur Badalbayev va Shohruhhon ishtirokida asos solingan bo‘lib, shu vaqt oralig‘ida 30 dan oshiq klip olinib, qo‘shiqlar bastalangan. Bu bilan “Xon Saroy” kompaniyasi o‘zbek san’ati rivojlanishiga, yoshlarni iste’dodlarini namoyon qilishiga ko‘maklashmoqda.

Ma’lumot uchun, “Xon Saroy” qurilish kompaniyasi poytaxtimizda 12 ta loyihani taqdim etib kelmoqda, ulardan 6 tasi xonadon egalariga tantanali ravishda topshirilgan.

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring xonsaroy.uz

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Xon Saroy Xon Saroy music

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made