9 may kuni urush qatnashchilari va faxriylardan xabar olish taqiqlanadi – Respublika maxsus komissiyasi
Jamiyat
−
08 may 2020
80599 may – Xotira va qadrlash kuni eshik qoqib turibdi. Bu kunda an’anaga ko‘ra, urush va mehnat faxriylari, keksalarni yo‘qlash mumkinmi? Mamlakatda yengillashtirilgan karantin choralari bunga imkon beradimi? Ushbu savollarga O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi quyidagicha javob berdi:
“Bugungi kunda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligiga a’zo va boshqa ko‘plab xorijiy mamlakatlar tomonidan 9 may kuni bayram tadbirlari o‘tkazishda fuqarolarning jamoat joylarida to‘planishi bo‘yicha qat’iy cheklovlar qo‘llanilayotganligi, shuningdek, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga asosan koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish yoshi kattalarda og‘ir kechishini inobatga olib, hududlarda "yashil", "sariq" va "qizil" toifalarga ajratgan holda tabaqalashtirilgan karantin cheklovlaridan qat’i nazar barcha hududlarda 9 may – Xotira va qadrlash kunida ommaviy tadbirlarni o‘tkazish hamda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va yoshi ulug‘ faxriylarning holidan xabar olish TAQIQLANADI va barchamiz uchun ulug‘ ushbu bayramni faqat oila davrasida nishonlash tavsiya etiladi.
Ta’kidlash joizki, ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini bayram munosabati bilan tabriklash va rag‘batlantirish tadbirlari sanitariya talablariga rioya qilgan holda davlat tashkilotlari tomonidan amalga oshirilishi ta’minlanadi.
Bundan tashqari, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida jamoat joylarida harakatlanishda, savdo do‘konlari va boshqa joylarda 2 metrlik ijtimoiy masofani saqlash, shuningdek, uch kishidan ko‘p shaxslarning to‘planishi bo‘yicha talablar saqlanib qolgani, ushbu talablarni buzganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishga sabab bo‘lishi mumkin”.
LiveBarchasi