Buxoroda dahshatli YTH: qurbonlar bor

Jamiyat

image

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida mudhish YTH sodir bo‘ldi. Natijada ikki kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda. 

Joriy yilning 5 yanvar kuni taxminan soat 06:45 larda G‘ijduvon tumani “Zafarobod” qo‘rg‘oni hududidan o‘tuvchi, “Navoiy-Zarafshon” A-379 avtomobil yo‘lida fuqaro 46 yoshli A.N. o‘ziga tegishli Nexia avtomobilida yo‘l-harakati qoidalari buzib harakatlanadi. 

U avtomobilda me’yoridan ortiq – jami 5 nafar yo‘lovchilari bilan birga Konimex tumani Zafarobod shaharchasi tomon harakatlanib ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lning 60 kmga yetganida haydovchi A.N. boshqaruvni yo‘qotib, o‘ziga nisbatan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan fuqaro 50 yoshli U.X. boshqaruvidagi Navoiy kon metollurgiya kombinatiga tegishli Isuzu rusumli avtobus bilan yuzma-yuz to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir qilgan. 

Oqibatda Nexia avtomashinasining yo‘lovchisi 58 yoshli M.A. tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan. Yengil avtomashinaning va avtobusning qolgan yo‘lovchilari tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan. Nexia yo‘lovchisi 29 yoshli T.M. ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan shifoxonada vafot etgan. 

Nexia avtomashinasi ichida bo‘lgan yana bir yo‘lovchi og‘ir ahvolda, avtobusdagi 4 nafar yo‘lovchilar turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar. 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 3-qismi (odamlar o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Buxoro

Baholaganlar

167

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing