Mahmud Murodovning navbatdagi jangi bekor qilindi
Sport
−
14 yanvar 2020
8267Xabaringiz bor, Mahmud Murodov UFC`dagi uchinchi jangini joriy yilning 14 mart kuni “Fight Night 170” turniri doirasida o‘tkazishi kerak edi. U Antonio Karlos Juniorga qarshi bahs olib borishi rejalashtirilgandi.
Lekin jangga ikki oy qolganda mazkur to‘qnashuv bekor qilindi. Buni Mahmud Murodovning o‘zi ma’lum qildi. Murodovning yozishicha, Antonio Karlos Junior jarohat olgan va shu sababli jang bekor qilingan.
Shuningdek, o‘zbekistonlik sportchi jamoasi navbatdagi jang uchun muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi