Sankt-Peterburgda 42 yoshli o‘zbekistonlikning jasadi topildi
Olam
−
06 iyun 2019 6869 1 daqiqa
Joriy yilning 3 iyun kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekistonning Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Petrograd tumanidan 1977 yil 1 aprel kuni tug‘ilgan o‘zbekistonlik Oybek Bekchanovich Allanazarovning jasadi topilgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda tergov organlari tomonidan mazkur holat bo‘yicha tekshiruv ishlari olib borilyapti. Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust