Prezident qonunlarni bilmaydigan rahbarlar haqida: Eski hammom - eski tos

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 dekabr kuni mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganining 27 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi qonun amalda kutilgan natijasini ko‘rsatmayotganini ta’kidladi. Bu haqda gapirarkan davlat rahbari shunday deydi:

"Qonunlar, Farmonlar nima uchun kerak? Masalan, iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirishning muhim sharti bo‘lgan, biz uchun yangilik bo‘lgan - "Davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida"gi qonunni qabul qilganimizga 7 oy bo‘ldi. Hammamiz uchun yangi bo‘lgan, ko‘pdan buyon kutilgan, hayotning o‘zi talab etayotgan bu qonun loyihasi ustida biz uzoq vaqt ishladik. Ko‘p-ko‘p tajriba orttirdik. Ayrim tarmoqlarda davlat-xususiy sherikchilik bo‘yicha loyihalar amalga oshishi boshlandi, ammo sog‘liqni saqlash, ta’lim, transport, yo‘l qurilishi, kommunal xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda aksariyat hududlarda hali bu borada tashabbus umuman sezilayotgani yo‘q. Hududlardagi rahbarlarimiz hali zamon o‘zgarganini sezmayapti! Eski tos, eski hammomga o‘rganib qolgan ular". 

Davlat rahbari so‘zini davom ettirib, avvalo rahbarlar qonunlarni puxta o‘rganishi va ishini shu asosda tashkil qilishi kerakligini ta’kidladi. Mirziyoyevga ko‘ra, mamlakatdagi ko‘plab rahbarlar qonunlarni bilmaydi va shu bois xatolar ustiga xatolar qiladi.

"Vazir yoki hokim yangi qonunning mazmun-mohiyatini tushunmasa, anglab olmasa, uni hayotga tatbiq etishda jonbozlik ko‘rsatmasa, odamlarda tashabbus uyg‘otish qiyin bo‘ladi. Agar biz o‘zimiz rahbar bo‘lib odamlarni shunga inontira olmasak, ular bizga ergashmaydi, islohotlarning amalga oshishi juda qiyin bo‘ladi", deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

163

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing