WTA turniri qoldirildi 

Sport

image

20 aprel kuni Germaniyaning Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan tennis bo‘yicha WTA turniri koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi.

Musobaqaning bosh homiysi Porsche kompaniyasi va WTA tashkiloti turnirni muxlislarsiz o‘tkazishni rejalashtirgandi. Lekin, koronavirus pandemiyasi xavfli tus olayotgani sabab ushbu turnirni qoldirishga qaror qilingan. Shu tariqa, WTA musobaqasi yaqin olti hafta ichida o‘tkazilmaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni damda WTA reytingida avstraliyalik tennischi Eshli Barti 8717 ochko bilan karvonboshilik qilmoqda. Ruminiyalik Simona Xalep 6076 ochko bilan ikkinchi, chexiyalik Karolina Plishkova esa 5205 ochko bilan keyingi pog‘onalarni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Tennis Koronavirus WTA

Baholaganlar

7

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing