WP: AQSH Rossiyani “Gavana sindromi” oqibatlaridan ogohlantirgan
Olam
−
25 noyabr 2021
7410Avvalroq, AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns joriy yilning 2 va 3 noyabr kunlari Moskvaga tashrif buyurgani haqida xabar bergandik.
Ta’kidlanishicha, Berns tashrifi chog‘ida, agar Rossiya razvedka xizmatlari “Gavana sindromi” deb ataladigan voqealarga aloqador bo‘lgan bo‘lsa, “oqibatlar” haqida Rossiya Federatsiyasini maxfiy ravishda ogohlantirgan. Bu haqda vaziyatdan xabardor AQSH rasmiylariga tayanib, “The Washington Post” nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, Berns bu masalani Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati va Tashqi razvedka xizmati vakillari bilan uchrashuvlarida ko‘targan. Shu bilan birga, uning murojaatida Rossiyaga qarshi hech qanday ayblovlar mavjud bo‘lmagan.
Ma’lumot o‘rnida, AQSHning avvalgi ma’muriyati 2016 yilning noyabr oyidan beri Gavanada 40 dan ortiq amerikalik diplomatlar “akustik hujumlar” deb nomlangan tashqi ta’sirlar natijasida jarohatlanganini da’vo qilgan edi. Qo‘shma Shtatlar rasmiylari Kubani ushbu voqealar uchun javobgar deb hisobladi.
2017 yil sentyabr oyida Qo‘shma Shtatlar Gavanadagi elchixonasi xodimlarining 60 foizini chaqirib oldi, Kubaning Vashingtondagi diplomatik vakolatxonasi xodimlari esa Amerika tomonining iltimosiga binoan 15 kishiga qisqartirildi. Gavana amerikalik diplomatlar bilan sodir bo‘lgan voqealarga aloqadorligini bir necha bor rad etgan.
Keyingi yillarda AQSHning boshqa bir qancha mamlakatlardagi davlat xizmatchilari ham xuddi shunday ta’sirga uchraganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu odamlarning ba’zilari Amerika Qo‘shma Shtatlari “Gavana sindromi” deb ataydigan kasallikka chalingan.
LiveBarchasi