WhatsApp’dagi guruhdan quvilgan ona boshqa bir ayolni shafqatsizlarcha pichoqladi

Olam

image

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bir ayol o‘zini WhatsApp’dagi ota-onalar chatidan chiqarib yuborgan boshqa bir ayolni pichoqladi. Mudhish hodisa 5 fevral kuni yuz bergan. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Ayolni ota-onalar chatidan chiqarib yuborishni qolgan a’zolar so‘ragan. Negaki Donbassdan kelgan ayol doim o‘zining qiyin ahvoli haqida yozgan va unga moliyaviy yordam berishlarini so‘ragan.

Jabrlanuvchining so‘zlariga qaraganda, asli ukrainalik boshqa bir ona unga bog‘chada tashlangan va boshiga sakkiz marta pichoq urgan. Ayol Mariya shifoxonasiga yotqizilgan.

Politsiya holat yuzasidan tekshiruvlarni boshlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Sankt-Peterburg pichoqbozlik bog'cha

Baholaganlar

226

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing