WBO Usikning navbatdagi jangi sanasi va raqibini e’lon qildi

Sport

image

Professional boksda uchta asosiy yo‘nalish chempion hisoblangan ukrainalik Aleksandr Usik IBF kamari sohibi britaniyalik Daniel Dyubuaga qarshi mutlaq jahon chempionligi uchun jang qiladi. Bu haqda Xalqaro boks tashkiloti (WBO) matbuot xizmati xabar berdi.

“Tashkilotimizga Usik va Dyubua o‘rtasidagi birlashtiruvchi chempionlik jangi bo‘yicha so‘rovnoma keldi. Bu jang o‘tkazilishini tasdiqlaymiz”, deydi WBO prezidenti Gustavo Oliveri.

Ma’lumot uchun, Usik so‘nggi jangini o‘tgan yilning 22 dekabr kuni Ar-Riyod da britaniyalik Tayson Fyuriga qarshi o‘tkazib, ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi. Dyubua esa 22 fevral kuni Jozef Parkerdan kamarini himoya qilishi kerak edi, biroq jangga ikki kun qolganida Parker betob bo‘lib qoldi.

Qayd etish joiz, Usik va Dyubua bungacha 2023 yilning avgustida Polshada to‘qnash kelgan va jangda ukrainalik charm qo‘lqop ustasi raqibini 9-raunnda nokautga uchratgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Aleksandr Usik Daniel' Dyubua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing