WBC nominatsiyasiga Bahodir Jalolovning nomzodi qo‘yildi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Bahodir Jalolov Butunjahon boks kengashi (WBC) tomonidan istiqbolli bokschi nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlar qatoriga kiritildi. Bu haqda tashkilot o‘z rasmiy sahifasida ma’lum qildi. 

Mazkur nominatsiya yil davomida o‘z iste’dodini ko‘rsatib, katta o‘sishga erishgan bokschilarga taqdim etildi.

Bahodir Jalolovdan tashqari sovrin uchun irlandiyalik Kallum Valsh, meksikalik Xose Salas, amerikalik Richard Torres va Floyd Shofiyeld hamda Gvatemala vakili Lester Martinez da’vogarlik qilmoqda.

G‘olib sportchi nomi ovoz berish yo‘li bilan aniqlanadi. Hozirda WBC'ning Instagram sahifasida ovoz berish jarayonlari ketmoqda.

“Har yili minglab iste’dodli yulduzlar bizga o‘zlarining qobiliyatini namoyish etadi va ulardan bittasini tanlash qiyin. Bular bizning yakuniy oltitaligimiz va siz ushbu bokschilardan birini tanlashingiz mumkin", deyiladi tashkilot xabarida.

Ma’lumot uchun, Bahodir Jalolov ortda qolgan 2023 yilda profboksda jami 2 ta jang o‘tkazib, har ikkisda raqiblaridan ustun keldi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Bahodir Jalolov Lester Martinez

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing