WBC hurmatini yo‘qotmoqda – Umar Kremlev
Sport
−
23 avgust 2023 3684 1 daqiqa
Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) prezidenti Umar Kremlev Butunjahon boks kengashining (WBC) rossiyalik sportchilarni reytingdan chiqarib tashlashi haqidagi qaroridan norozi. Bu haqda Kremlev “Championat.com”ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bu holat juda katta minus. Tashkilot o‘z hurmatini yo‘qotyapti. Sportchilar ana shunday mezonlar bo‘yicha jazolansa, unda ular WBC musobaqalarida qatnashmasligi kerak. Muxlislar va homiylar sportchilarning jangini tomosha qilish uchun arenaga boradi, tashkilot uchun emas. Qanday qilib yuraksiz yashash mumkin? WBC o‘z yuragidan o‘z voz kechdi”, deydi Kremlev.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2022 yildan beri qancha rossiyalik sportchi fuqaroligini o‘zgartirgani xabar qilingandi. 2022 va 2023 yillarda fuqaroligini o‘zgartirgan Rossiya sportchilaridan 47 nafari yozgi olimpiya sport turlari, 8 nafari qishki olimpiya sport turlari va 12 nafari nodavlat sport turlari vakillari hisoblandi.